Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
20.05.2020 07:54,  
443

Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirali Muhammadjonovich Hamroyev viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimda ishlab kelgan Jamol Shuhratovich Nosirov 22 aprel kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Mirali Hamroyev 1983 yil 9 martda Buxoro shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2004 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (sirtqi), 2007 yilda Bank-moliya akademiyasi (kunduzgi)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – menejment, moliya.

2018 yildan shu vaqtgacha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. Oilali, ikki farzandning otasi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан