Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro hokimligi xodimi xizmat mashinasida begona ayolni «ovlamoqchi» bo‘ldi (video)
26.02.2020 18:18,  
6303

Yaqinda telegramʼdagi @sizdantelegram​ kanalida “Hokimiyatning avtomashinasi ko‘chada ketayotgan qizni ”ovlamoqchi“ bo‘ldi” sarlavhali xabar tarqaldi.

Videoda, tungi vaqtda 80 230 AAA rusumli oq Lacetti avtomobili haydovchisi va uning oldida o‘tirgan sherigi bilan ko‘chadagi notanish ayolga gapirayotgani aks etgan.

Shundan so‘ng, video muallifi ularga yaqinlashib, “Davlat raqamiga e’tibor qarating. Bu qaysi hokimiyatning mashinasi?” deb so‘raydi. Haydovchi katta tezlikda ulardan uzoqlashib ketadi. “Buxoro viloyat hokimligi bunga nima deydi?”- degan video muallifi.

Buxoro viloyati hokimligi ushbu mashina haqiqatdan ham hokimiyat bo‘limlaridan biriga tegishli ekanligini tan oldi va haydovchiga chora ko‘rdi.

Videoda tasvirlangan avtomashina (davlat raqami 80 230 AAA) Buxoro viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasiga tegishli bo‘lib, holat bugun, 25 fevral kuni boshqarma mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida keng muhokama qilindi, deyiladi Buxoro viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi ma’muriyati xabarida.

Foto: @sizdantelegram

 

“Haydovchi Sh.Salimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Buxoro viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasining Ichki mehnat tartib qoidalarida belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda xizmat avtomashinasidan o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun foydalanish bilan birga, mazkur xizmat avtomashinasidan foydalanish huquqi mavjud bo‘lmagan shaxsni mindirish va notanish yo‘lovchi qiz bilan gaplashish orqali haydovchining lavozim yo‘riqnomasi hamda boshqarmaning Odob-axloq qoidalari talablarini buzganligi bois, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi”.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан