Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro shahar prokurori: «Hech qayerga yashiringanim yo‘q...»
13.12.2020 16:54,  
3643

Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlardan tushmayotgan Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov yana bir bor «ko‘rinish berdi».

Tarmoq oraqli navbatdagi chiqishida u  o‘zi go‘yoki yashirishinib olganiga oid xabarlarni rad etib, hech qayoqqa ketmagani, Vobkentdagi uyida ekanini ta’kidlaydi. Shuningdek, o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazayotganlarning chaqiruvlaridan bosh tortayotgani tan olar ekan, qachonki chaqiruv qog‘ozi berilsa, adovokat va blogerlar (?) bilan birga borishini aytadi.

Bundan tashqari, prokuror aybi bo‘lsa, javob berishga tayyorligini, faqat bunda adolat bo‘lishi lozimligini ham takror ta’kidlaydi.

Yana bir e’tiborli holat:  J. Fozilov ayrim ommaviy axborot vositalariga bosim o‘tkazilib, uning murojaatlariga oid xabarlar o‘chirtirilishiga urinish bo‘layotganini iddao qilarkan, qator veb-saytlar voqelik bo‘yicha Bosh prokuratura bayonotiga nisbatan uning munosabatini chop etmayotganini ham ta’kidlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha prokuror J. Fozilov yashirngani haqida xabarlar paydo bo‘lgani rost. Mazkur xabar munosabat so‘ralganda Bosh prokuratura matbuot xizmati «xolislik nuqtai nazaridan, xizmat tekshiruvi yakunigacha ma’lumot berish maqsadga muvofiq emasligi»ni bildirgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан