Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov lavozimiga tiklandi
20.12.2020 23:56,  
7861

Ijtimoiy tarmoqlarda Jasur Fozilov Buxoro shahar prokurori sifatida 20 dekabrdan ish faoliyatini boshlagani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov bu xabar to‘g‘ri ekanini tasdiqladi.  

Xabarga oid to‘liq tafsilotlar hali ma’lum qilinmadi.  

Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahar prokurori sifatida faoliyat yuritayotgan J.Fozilov bundan biri necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaatlar bilan chiqish qilgan edi. Unda J.Fozilov turli qonunbuzarliklarni tilga olgan edi.  

Hech qancha vaqt o‘tmay, Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani haqidagi bayonoti e’lon qilindi.  

Shundan so‘ng Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning murojaati yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan edi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан