Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro uchun 3 tilda​ maxsus logotip ishlab chiqildi (foto)
13.01.2020 15:22,  
349

Ma’lumki “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti” (ISESCO) tomonidan Buxoro shahri 2020 yilda “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e’tirof etildi. Shu munosabat bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan maxsus logotip ishlab chiqildi.

Yaratilgan maxsus logotipning markazida “Buxoro” so‘zi arab tilida Kufiy yozuvidagi kalligrafiya harflari bilan yozilgan bo‘lib, Buxoro shahrining asosiy ramzlari hisoblangan Kalon minorasi va Mir Arab madrasasining siluetlari bilan boyitilgan.

MAVZUGA DOIR: Buxoro 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi

Logotipda Buxoro shahri me’morchiligiga xos bo‘lgan pishiq g‘isht va to‘q moviy ranglaridan foydalanilgan. O‘zbek, ingliz va rus tillarida ishlab chiqilgan logotipning har bir ko‘rinishida arab tilida “Islom olami madaniyati poytaxti” jumlasi ifodalangan.

Buxoro “Islom olami madaniyati poytaxti – 2020 yil” logotipi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Ipak yo‘li ofisi” UK tomonidan dizayner Bahrom Kalonov bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

MAVZUGA DOIR: CNN: O‘zbekiston 2020 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joy

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан