Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro va Samarqand viloyatida fuqarolarni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
5.02.2022 11:49,  
35

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand temir yo‘l texnikumi o‘qituvchisi K.A. fuqaro Sh.ni 800 AQSh dollari evaziga ushbu texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан