Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi
3.07.2021 13:14,  
142

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning koronavirusga chalingani hamda davolanish uchun Toshkent shahriga jo‘nab ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqdagi xabarni tasdiqlagan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev hokim kasallikning yengil turini yuqtirganini ma’lum qildi.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Botir Zaripov aholi va fuqarolar bilan uchrashuvlarda har doim ular bilan yaqin masofada bo‘lib kelgan.

«Odamlarni shu qadar yaxshi ko‘radi va o‘ziga juda yaqin oladi. Ularga hurmat va ehtirom sifatida qo‘l cho‘zib ko‘rishadi, yoshi keksa otaxon-onaxonlarga yelka tutadi. Bu esa shuncha himoyalanishga qaramay, kasallikning yengil formasini yuqtirishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin», — deydi axborot xizmati rahbari.

«Daryo»ga kelib tushgan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, viloyat rahbari aholi bilan uchrashuvlarda niqobsiz bo‘lgan.

Viloyat rahbari davolanishdan oldin Buxoro shahridagi «Xo‘ja Mushkin» hamda «Zarafshon» mahalla fuqarolar yig‘inining obodonlashtirishdan keyingi ochilish marosimlarida qatnashgan. Biroq, 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan Prezident hamda yoshlar uchrashida ishtirok etmagan.

«Ayni paytda viloyat rahbari salomatligida manfiylik aniqlangan va u bir necha kungi muolajalarni o‘tab, Toshkent shahridan Buxoroga qaytmoqda», — dedi Olim Jo‘rayev.

Bundan tashqari, viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Shahriyorov hamda hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Ibragimova ham ayni kunda salomatligini tiklagan va ishga qaytgan.

«Turli mish-mish va noo‘rin gap-so‘zlarga hojat yo‘q. To‘g‘ri, kasallikning yengil formasini o‘tkazdim va men viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘n kuncha davolandim. O‘g‘limda ham kasallik kuzatilgani bois, unga ham muolajalar oldik. Shukurki, hozir salomatmiz. Sog‘ligimizning to‘la tiklanishi uchun qayg‘urgan tibbiyot sohasi xodimlariga minnatdorlik bildirmoqchiman», — dedi Feruza Ibragimova «Daryo» muxbiri bilan telefon orqali suhbatda.

Mazkur xabar saytda e’lon qilinishi arafasida Botir Zaripovning matbuot kotibi Olim Jo‘rayev «Daryo» muxbiriga qo‘ng‘iroq qilib, hokim bilan telefon orqali muloqot qilganini, hokim Toshkent shahriga davolanish uchun emas, oilaviy dam olish uchun ketganini aytib, xabarda ham shunday deb yozishimizni iltimos qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан