Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
8.08.2021 10:44,  
73

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Bahronov Asqar Soliyevich Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mutaxassisligi vrach-reanimatolog bo‘lgan 50 yoshli Asqar Bahronov o‘z faoliyatini Buxoro viloyati markaziy kasalxonasidan boshlagan. Keyinchalik bir qancha xususiy tibbiyot muassasalarida, so‘ngra Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez yordam markazi reanimatsiya bo‘limi reanimatolog vrachi, shoshilinch tez yordam markazi bo‘limi mudiri, ushbu tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan.

2015 yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan.

«Shuhrat» medali sohibi Asqar Bahronov 2020 yildan boshlab Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан