Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro viloyatida bo‘lgan shamol oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi
28.04.2020 13:35,  
912

2020 yilning 27 aprel kuni soat 20:00 dan 22:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro viloyati hududida kuchli shamol va yog‘ingarchilik kuzatildi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi farmoyishiga muvofiq yetkazilgan talofatni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli soha mutaxassislaridan iborat tezkor viloyat shtabi tashkil qilindi.

Shtab guruhi tomonidan taqdim qilingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha jami 5 ming 293 ta ob’yektlarning 378 ming 238 kv.metr tom qismida shifer qoplamalari, 1 ming 630 kv.metr bino va devorlari, 15 ming 415 dona eshik va derazalariga shikast yetdi. Jumladan, 12 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlarida 7 ming 260 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 320 kv.metr bino va devorlari, 190 dona eshik va derazalariga;

52 ta umumta’lim maktablarining 10 ming 400 kv.metr tom qismining shifer qoplamasi, 92 dona eshik va romlari;

43 ta maktabgacha ta’lim ob’yektlarining 2 ming 647 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 38 dona eshik va deraza romlari;

63 ta ko‘p qavatli uy-joylarning 18 ming 378 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 15 dona eshik va deraza romlari;

4800 ta yakka tartibdagi aholi uy-joylarining 336 ming kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 14 ming 400 dona eshik va deraza romlari;

220 ta noturar ob’yektlar (savdo do‘konlari, ma’muriy binolar v.h.k)ning 15 ming 400 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari va 660 dona eshik va deraza romlari;

3 ta madaniy meros ob’yektlarining 420 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 1 ming 200 kv.metr bino va devorlari, 20 dona eshik va deraza romlariga;

11 ta sport ob’yektlarining 2 ming 419 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari 291 ta eshik va derazalarga talofatlar yetganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, 82 holatda tabiiy gaz ta’minotida, 120 holatda elektr energiyasi ta’minotida uzilish va avariya holatlari qayd qilindi. Shuningdek, 450 dona elektr temir beton tayanchlari yiqilgan bo‘lsa, uzilib yerga tushgan simlarning uzunligi 51 kmni, ishdan chiqqan transformatorlar soni 25 tani tashkil etadi.

Kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatida viloyat bo‘yicha 42 ming 400 dona yirik daraxtlar sinishi va qulashi qayd qilindi. Binolar ostida va daraxtlar ostida qo‘yilgan yuridik va jismoniy shaxslarning 415 ta avtotransportlariga jiddiy ziyon yetdi.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 41 nafar fuqaroga shundan, 32 nafariga yengil, 7 nafariga o‘rta va 1 nafar fuqaroga og‘ir tan jarohati yetdi. Qolaversa, 1 ta holatda o‘lim qayd etildi. Yengil va og‘ir tan jarohati yetgan 8 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizildi. 32 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berildi.

Amaliy tadbirlarga FVBlardan jami 635 nafar shaxsiy tarkib, 114 ta avtotransport vositasi, shuningdek, mahalliy hokimiyatlar va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi IIB, SSB, kommunal va boshqa tegishli xizmatlardan mas’ul xodimlarni jalb etgan holda talofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан