Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro xalqaro aeroporti direktori koronavirusdan vafot etdi
4.08.2020 13:25,  
1037

Buxoro xalqaro aeroporti direktori Tohir Saidovich Bahronov vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 61 yoshli direktor avvalroq koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.

Tohir Bahronov 1959 yil 21 aprelda Buxoro shahrida tavallud topgan. 1986 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti, 1996 yilda Sankt-Peterburg fuqaro aviatsiyasi akademiyasini sirtdan o‘qib tugatdi.

Mehnat faoliyatini 1976 yilda Buxoro suv xo‘jaligi boshqarmasi kinomexanigi yordamchisi sifatida boshlab, Buxoro «XATP-11» avtokorxonasi haydovchisi (1977-1978), Buxoro aviaotryadining tashish bo‘limi dispetcheri (1980-1982), Buxoro shahar aviaagentligi boshlig‘i (1982-1985), Buxoro aeroporti yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish xizmati boshlig‘i, direktor o‘rinbosari (1985-1997) lavozimlarida ishladi.

Bahronov 1997 yilda “Buxoro xalqaro aeroporti” DUK direktorligiga tayinlandi. Qariyb 25 yillik rahbarlik yillari davomida O‘zbekiston aeroportlari tarixida jonkuyar va fidoiy soha xodimi sifatida yorqin iz qoldirdi.

Shuningdek, 1999-2004 yillarda Oliy Majlis deputati, 2014-2019 yillarda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritdi. 2014-2019 yillarda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘ladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан