Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda 15 yashar o‘quvchi kanalda cho‘kib ketdi
13.06.2021 20:16,  
148

Joriy yilning 9 iyun kuni tumandagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi soat 11:40 larda imtihonni topshirib bo‘lgach, soat 12:00larda uyiga ketgan. Tumandagi «Xalifa» mahallasida yashovchi S.M. soat 14:15 lar atrofida 4 nafar maktabdoshi bilan Qorako‘l tumanidan oqib o‘tuvchi katta «Amu-Buxoro» kanalida cho‘milgan.

Buxoro viloyati FVB xabar berishicha, chuqurligi taxminan 4-5 metr, suv hajmi ham juda baland bo‘lgan kanal 15 yoshli S.M.ni oqizib ketgan. Uning yonida bo‘lgan tengdoshlari S.M.ni qutqarishga urinishgan. Biroq harakatlari zoye ketgan. Holatdan qo‘rqib qolgan o‘smirlar voqea joyidan qochib ketishgan.

Bolani qidirish ishlariga FVBning g‘avvos-qutqaruvchilari, baliqchilar jalb etilgandi. Kanal suvi hajmi juda yuqoriligi sababli bolani tirik qutqarib qolish imkoni bo‘lmagan. Qidiruv 10 iyun tongiga qadar davom etgan va shu kuni bolaning jasadi baliqchilar to‘r xaltasi orqali topilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан