Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda 40 yoshli erkak o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan 39 yoshli qizni rashk oqibatida o‘ldirdi
16.07.2021 21:43,  
433

Buxoro viloyati Jondor tumanida 39 yoshli turmushga chiqmagan qizni u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan erkak o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 13 iyul kuni soat 19:00 larda Jondor tumani «Samonchiq» mahallasidagi «Nozima Niyoz» fermer xo‘jaligi dala maydonida tumanning «Istiqlol» mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan F.Z. ismli shaxs ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan «Samonchiq» mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan J.M. ismli turmushga chiqmagan qiz bilan rashk oqibatida janjallashib, uning bo‘yin va ko‘krak sohasiga oshxona pichog‘ini sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi J.M. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан