Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda 5 nafar farzandning onasi eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi
3.12.2021 11:45,  
238

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. 

Daryo nashrining yozishicha, hodisa 27 noyabr kuni soat 11:00larda sodir bo‘lgan. Erkak va ayol uy masalasida talashib qolgan va shu vaqtda er xotiniga pichoq tiqib olgan. Natijada ayol vafot etgan. Sud tibbiy ekspertizasi ham shuni tasdiqlagan. Ma’lum qilinishicha, erkak hodisadan so‘ng o‘zini oqlash uchun turli bahonalar o‘ylab topgan. Erkak xotini 5 nafar farzandni boqaman deb Rossiyada ishlab kelgandan so‘ng yurishi shubhali bo‘lib qolganini va shu sabab janjallashganini aytgan. Lekin mahalla ahli erkakning gaplarini butkul rad etgan. Ular ayol mehnatkash bo‘lganini, oilani boqish uchun doim yelib yugurganini aytgan.

Mahalla raisi erkak doim ishsiz yurganini, hatto 2016 yilda giyohvandlik modda sabab qamalib chiqqanini ham ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, erkak va ayol 25 yil birga umr kechirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан