Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda 5 nafar hokim hayfsan oldi, 2 nafar hokim jarimaga tortildi
3.10.2021 14:29,  
137

Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga binoan, 5 ta tuman hokimiga hayfsan intizomiy jazosi berildi, 2 ta tuman hokimi esa ish haqining 20 foiz miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

 Qayd etilishicha, ular fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashdagi sustkashligi uchun jazolangan.

Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda. Farmoyishga ko‘ra, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlarining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga e’tiborsizlik bilan qaragani uchun quyidagilarga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan: 

Qorovulbozor tumani hokimi;

Vobkent tumani hokimi; 

Kogon tumani hokimi; 

Peshku tumani hokimi; 

Buxoro tumani hokimi. 

Bundan tashqari, Jondor tumani hokimi va Shofirkon tumani hokimiga oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llanilgan. 

Buxoro shahri hokimi esa ogohlantirirsh olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан