Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda 500 kvadrat metrdan ortiq savdo majmualari yonib ketdi (video) 
27.02.2020 10:07,  
377

26 fevral kuni Buxoro shahridagi bir qator savdo majmualarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

26 fevral kuni soat 22:37 larda Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Bahouddin Naqshband ko‘chasidagi bir qator savdo majmualarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 15 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari va 20 dan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilinib, soat 00:40 da yong‘in tarqalishining oldi olingan va soat 01:30 da olov batamom o‘chirilgan.

Yong‘in maydoni 520 kvadrat metrni tashkil etgan. “Hodisa oqibatida kuyish tan jarohati va halok bo‘lish holatlari aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан