Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda ayol qirqqa yaqin erkakka OITS yuqtirgani ma’lum bo‘ldi
29.12.2021 16:53,  
346

Buxoro viloyatida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayol qirqqa yaqin erkakka OITS yuqtirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda yashovchi ayolda 2017 yilda OITS kasalligi aniqlangan. U bu haqda ogohlantirilgan va boshqalarga qasddan ushbu kasallikni yuqtirganda jazolanishi ham uqtirilgan. Ayol shunday bo‘lsada fohishalik bilan shug‘ullangan va 40 nafarga yaqin erkakka ushbu kasallikni yuqtirgan.

Huquq tartibot organlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida ayol massajxonada ishlashi aniqlangan va u bilan jinsiy aloqada bo‘lganlar bilan suhbat tashkillashtirilgan. Ular qatorida oilali erkaklar borligi, kasallik ularning xotiniga ham yuqqani aniqlangan. Ta’kidlanishicha, ayolga nisbatan 6,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан