Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda ayollar daladagi qoramollarni o‘g‘irlab ketdi
3.01.2022 19:17,  
297

Buxoro tumani IIBga Ko‘chko‘mar mahallasida yashovchi G‘.I. ariza bilan murojaat qilib, qishlog‘idagi fermer xo‘jaligi yer maydonida o‘tlab yurgan ikki bosh g‘unojinini hamda bir bosh ho‘kizini o‘g‘irlab ketishganini bildiradi. Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumani Qavola Mahmud mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.M. va shu tumanning Qo‘shxodim mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan J.M ismli ayollar sodir qilganliklari aniqlandi. Ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa shu kabi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ularning yana bir qator jinoyatlari fosh etildi. Jumladan, shu yilning 15 noyabridan 16 noyabriga o‘tar kechasi Buxoro tumani So‘fikorgar mahallasi hududida joylashgan «Shuxrat» fermer xo‘jaligi dala maydonidan fuqaro G.U.ga tegishli bo‘lgan bahosi 15 million so‘mlik ikki bosh qoramolini hamda 2021 yilning 7 oktyabr kuni taxminan soat 23:00 dan 8 oktyabr kuni taxminan soat 7:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida tumanning Decha mahallasida joylashgan “Bo‘ron Azim” fermer xo‘jaligi yer maydonida o‘tlab yurgan fuqaro X.M. ga tegishli bo‘lgan, bahosi 7 million so‘mlik bir bosh qoramolni o‘g‘irlab ketganligi ham fosh etildi.

Hozirda ushbu jinoiy guruhning yana bir qator jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан