Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorolik bemor ayol koronavirusning o‘ta og‘ir kechishidan vafot etdi
30.07.2020 09:43,  
257

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 68 yoshli M.M. (ayol)da joriy yil 11 iyul kunidan tana harorati ko‘tarilgan va uy sharoitida davolangan. 17 iyul kuni esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. 

Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан