Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda bir yo‘la 50 nafar bemor to‘liq sog‘aydi
26.04.2020 16:23,  
377

Bugun Buxoro viloyatidan bir yo‘la 50 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Bemorlarning 23 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan, 27 nafari esa viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan chiqishdi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 44 nafari Rossiyadan, 6 nafari esa Turkiyadan  charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilgan.

Ulardan 43 nafari erkak, 7 nafari ayol. Bemorlarning 9 nafari Samarqand viloyatidan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 8 nafardan,  5 nafari Andijon viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidan 4 nafardan, 3 nafar Toshkent shahridan bo‘lsa, Xorazm, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshli qizaloq. 

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 210 nafar bemor sog‘aygan  bo‘lsa, endilikda ular 260  nafarga yetdi. Yurtimizda bemorlarning sog‘ayib chiqishi bo‘yicha Toshkent shahridan keyin eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda. 

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 757 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан