Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda suvga ajratilgan mablag‘lar suvga oqib ketdi
9.02.2021 09:19,  
202

Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilishdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Keltirilishicha, Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha nazorat o‘lchovi o‘tkazilgan. Unda “E.” MChJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 254,4 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishgani aniqlangan.

Shuningdek, suv ta’minoti va oqava suv ob’yektlari qurilishi bo‘yicha Ijiniring kompaniyasi DUK Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ushbu jamiyatga 254,4 mln so‘m byudjet mablag‘i o‘tkazib berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан