Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda ichki ishlar xodimi libosida «xurmacha qiliq» qilgan tiktokerlar javobgarlikka tortildi
23.05.2021 13:56,  
411

Buxoro viloyati Romitan tumanida ichki ishlar xodimlarining xizmat formasini kiyib olib, ko‘chada «xurmacha qiliqlarni» amalga oshirgan va buning videosini TikTok’ka joylashtirgan yigitlar javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi, deb yozadi "Daryo".

Ma’lum qilinishicha, tiktokerlar ichki ishlar xodimlarining formasida turli noo‘rin xatti-harakatlari tasvirlangan videoroliklarni ijtimoiy tarmoqda tarqatgan.

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilgan va ularning ishi Romitan tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

Yigitlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasida (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) nazarda tutilgan qoidabuzarlik sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga BHMning 5 baravari miqdorida jarima tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан