Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda karantin vaqtida ishlayotgan tungi klub va uning mijozlari ushlandi
28.07.2020 13:58,  
501

Ma’lumki, mamlakatimizda joriy qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etishi Milliy gvardiya, Ichki ishlar va SENDI xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

Joriy yilning 26 iyul kuni Buxoro viloyatida jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb etilgan Milliy gvardiya va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd tadbiri mobaynida Buxoro tumanida joylashgan «Chyorniy kvadrat» nomli tungi klubning yashirin faoliyatiga chek qo‘yildi.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, reydda kuchaytirilgan karantin bo‘lishiga qaramasdan tungi soat 22.30 larda «Chyorniy kvadrat» tungi klubi 3 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan. Yashirin tarzda mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgani klub rahbariyati MG hamda IIB xodimlarining talablariga bo‘ysunmasdan klub eshigini ochmaslikka harakat qilsada, o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq chora qo‘llanilgan holda ichkariga kirilgan. Natijada yosh yigit-qizlarning musiqa sadolari ostida ovqatlanib, chilim chekayotgani va ular orasida voyaga yetmaganlar ham borligi aniqlangan.

Karantin talablarini bila turib unga amal qilmaganligi va mijozlarga yashirin xizmat ko‘rsatganligi uchun klub rahbari fuqaro G.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, klubning 13 nafar mijoziga ham karantin qoidalarini buzganliklari bois tegishli ravishda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан