Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda koronavirusga chalingan Qirg‘iziston fuqarosi sog‘aydi
1.05.2020 14:42,  
177

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 25 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 22 nafari Rossiyadan, 1 nafar esa Turkiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Sog‘ayganlarni hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafar, Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafar hamda Qirg‘iziston Respublikasining 2 nafar fuqarosi ham bor. Ularning 19 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yosh.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1159 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан