Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda koronavirusga chalingan ayol vafot etdi
4.07.2020 18:35,  
588

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol  D.Sh. joriy yil 1 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “Ikki tomonlama  pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 31 kishiga yetdi. Ushbu virusni jami 9611 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 6251 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан