Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘ttizga yaqin fuqaro tan jarohati oldi
28.04.2020 10:15,  
735

Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 27 aprel kuni soat 20:00dan 28 aprelgacha soat 00:30ga qadar Turkmaniston Respublikasi hududidan kuchli shamol kirib kelib, respublikamizning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 9-40 m/sek. tezlikda shamol esishi kuzatilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, natijada bir necha fuqaro jabrlanib, ulardan bir nafari halok bo‘ldi. Shuningdek, hududlardagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida ijtimoiy soha ob’yektlari, aholi yashash xonadonlari va avtotransport vositalariga zarar yetgan.

Yuzaga kelgan shamol oqibatlarining asosiy qismi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 29 nafar fuqaro yengil va 1 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan bo‘lib, 1 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Yengil va og‘ir tan jarohati olgan 5 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 26 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimliklarida shtablar tashkil etilib, favqulodda vaziyatlarni baholash komissiyalari keltirilgan zararlarni aniqlash ishlarini olib bormoqda.

Amaliy tadbirlarga FVBlardan jami 704 nafar shaxsiy tarkib, 127 ta avtotransport vositasi, shuningdek, mahalliy hokimiyatlar va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi IIB, SSB, Kommunal va boshqa tegishli xizmatlardan mas’ul xodimlarni jalb etgan holda talofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан