Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda mehmon mezbonni o‘ldirib qo‘ydi
22.06.2021 08:28,  
2408

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yigit o‘z tanishini temir bo‘lagi bilan kaltaklab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida fuqaro B. M. ismli qiz bilan birga tumandagi Shofirkon shoh ko‘chasida joylashgan 50-sonli uyda yashovchi tanishi A.ning uyiga mehmondorchilikka borgan. Ular kechki soat 00:30 ga qadar suhbatlashishgan va spirtli ichimlik ichgan.

Shundan so‘ng B. va A. o‘zaro tortishib qolish natijasida ular orasida janjal sodir bo‘lgan.

A. janjal davomida B.ni temir bo‘lagi bilan urib, unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan. Bundan jahli chiqqan B. sherigining qo‘lidan temir bo‘lagini tortib olib, temir bilan uning bosh, yuz, qorin, qo‘l va tanasining turli qismlariga hayot uchun xavfli bo‘lgan usulda qasddan bir necha marotaba urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Natijada, mast holatda bo‘lgan A. o‘zini himoya qila olmagan va voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchi B. JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandiga ko‘ra aybdor deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан