Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda o‘quvchi qiz o‘zini binoning yettinchi qavatidan tashlamoqchi bo‘ldi
22.02.2022 20:15,  
315

Ijtimoiy tarmoqlarda qiz Buxorodagi ko‘p qavatli binoning yettinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 fevral kuni 11:29 da IIBga menga bir qiz o‘zini ‘dom’ning yettinchi qavatidan pastga tashlashga urinayotganini haqida tezkor xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng, hudud profilaktika inspektorlari 700 metrcha uzoqlikda manzilga yetib borishgan.

"Tomga chiqqanimizda qiz devor ustiga chiqib, yomg‘ir suvlari oqib tushishiga mo‘ljallangan metall qoplamalar ustiga chiqa boshladi. Uni gap bilan chalg‘itdik va ushlab qoldik”, - deydi hudud profilaktika inspektori Jahongir Haydarov.

Profilaktika inspektori bilan tom ustida suhbat qilgan o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lganini bildirgan. Keyinchalik qizning Buxoro shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida tahsil olishi, shahardagi ziyoli oila farzandi ekani, joniga qasd qilish uchun arzirli sabab yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан