Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda "Tiko" haydovchisi YPX xodimini avtomobil kapotida "aylantirib keldi"
1.02.2021 21:06,  
284

Joriy yilning 1 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda "Buxoroda "Tiko" haydovchisi YPX xodimini avtomobil kapotida sudrab ketdi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, video lavhada aks etgan holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2021 yil 29 yanvar kuni soat 15:30larda, Buxoro viloyati IIB YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “Alohida yo‘l-patrul xizmati otryadi 3-safarbarlik guruhi YPX naryadlarini xizmatga joylashtirish qaydnomasi”ga asosan, Buxoro viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati otryadi uchinchi safarbar guruh yo‘l-patrul xizmati katta inspektori kichik serjant Sh.R. Vobkent tumani hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmatga jalb qilinganligi, xizmatni olib borish jarayonida Vobkent tumani O‘ba Kulolon mahallasi, Kulolchi ko‘chasida fuqaro M.S., tanishi N.A. ga tegishli bo‘lgan “Tiko” rusumli, avtomashinada svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamasdan harakatlanib kelganligi sababli, YPX inspektori yo‘lning qatnov qismiga chiqib haydovchiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatganida, fuqaro M.S. YPX inspektori turgan yo‘nalishda boshqarishni davom ettirib, sodir etgan huquqbuzarligi uchun javobgarlikdan qutilib qolish maqsadida avtomashinani to‘xtatmasdan xodimga juda yaqin masofaga qadar boshqarib borishi oqibatida xodim  yo‘l chekkasiga qochishga ulgurmasdan, avtomashina kapoti ustiga chiqib qolgan. Shunday bo‘lsada haydovchi M.S. avtomashina bilan harakatlanishda davom etib, taxminan 50-60 metr masofada inspektorni transport vositasi kapoti ustida olib yurib to‘xtagan.

"Shundan so‘ng, YPX inspektori haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Yuqoridagi holatda biror kishiga tan jarohati yetmagan." - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан