Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga chiqariladigan tabiiy gaz zaxirasi aniqlandi
26.02.2020 18:39,  
473

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining xabar berishicha, “Gazli” neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Uchqir” gaz kondensat konidagi 203-sonli quduqning 14-qatlamida, ya’ni 1638-1628 metr, 1618-1616 metr chuqurlikda burg‘ulash ishlari o‘tkazilib, ta’mirlash ishlari olib borildi.

Buning natijasida faoliyati tugatilgan quduqda oltingugurtsiz tabiiy gaz zaxirasi mavjudligi aniqlandi. Hozirgi kunga kelib kunlik 100 ming metr kub miqdorida sanoat miqyosidagi tabiiy gazni qazib olish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida, 1968 yilda ochilgan quduq 2011 yilgacha to‘liq faoliyat yuritgan. Ayni paytda konning aniqlangan 14-qatlamidan olinayotgan oltingugurtsiz tabiiy gaz qo‘shimcha qayta ishlashni talab qilmaydi va iste’molga to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан