Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda "videolar"ini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, korxona rahbarlaridan 30 ming AQSh dollari talab qilgan ishchilar qo‘lga olindi
8.02.2021 10:22,  
330

Buxoro viloyatida korxona rahbarlarini qo‘rqitib 30 000 AQSh dollari talab qilgan ishchilar ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"  xabar berdi.

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “K.” AJ ishchilari Sh.Sh., B.A. va O.X.lar oldindan til biriktirib, jamiyat direktori va bosh hisobchisini go‘yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilib, noqonuniy hatti-harakatlar sodir etganligi aks etgan video yozuvlarni internet tarmoqlarida tarqatish va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qo‘rqitib, ushbu harakatlarini amalga oshirmaslik evaziga ulardan tovlamachilik yo‘li bilan 30 000 AQSh dollari talab qilishib, kimyoviy ishlov berilgan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh., B.A. va O.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан