Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda yangi gaz zaxirasi aniqlandi
11.02.2020 18:57,  
419

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qudukda olib borilgan burg‘ulash ishlari natijasida tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi.

“O‘zbekneftgaz” xabariga ko‘ra, quduqni 2054-2105 metr oralig‘ida (XV-1, XV-2 katlamlar) burg‘ulash jarayonida sinab ko‘rilganda sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu olingan tabiiy gazning kunlik debiti 200 ming metr kubni tashkil qilmoqda. Loyihaga ko‘ra, quduqni 2850 metr chuqurlikgacha burg‘ulash va quyi yura qatlamlarning neftgazga mahsuldorligini aniqlash nazarda tutilgan.

Ayni paytda quduqda terrigen yura yotqiziqlarini o‘rganish uchun 2850 metrgacha burg‘ulash ishlari davom ettirilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан