Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda yo‘lda ketayotgan «Jiguli»ning gaz balloni portladi
22.12.2020 20:40,  
685

Ijtimoiy tarmoqda «Buxoroda jigulining gaz balloni portladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabr kuni soat 17:30 larda, Buxoro viloyati, Buxoro shahar, Ibn Sino ko‘chasida haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan J.R. «Vaz-21063» rusumli avtomobilni boshqarayotib «Dilkusho» kesishmasiga yetgan vaqtida transport vositasining gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.

Haydovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan viloyat IIB YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, chaqnash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан