Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda yuk avtomobili tirkamasi yonib ketdi
3.10.2020 12:33,  
348

Buxoro viloyati Peshku tumanida yuk avtomobili tirkamasi yonib ketdi. Bu haqda Gazli shahar IIB navbatchilik qismiga 2 oktyabr kuni soat 17:34 da xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Peshku tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 393-kilometrida sodir bo‘ldi.

Foto: yhxbb.uz 

 

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqaro G‘.E.ga tegishli bo‘lgan tirkama va uning ichida bo‘lgan past navli toy paxta yonib ketgan.

Foto: yhxbb.uz 

 

Avtomobil tirkamasi po‘lat ustunlarining bir-biriga tegib mexanik uchqun hosil qilishi, uchqunning tez yonuvchi maxsulotlar ustiga tushishi oqibatida yong‘in kelib chiqqanligi taxmin qilinib, moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan, Peshku tumani FVB va IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан