Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodagi 40 ta qulash ehtimoli yuqori bo‘lgan madaniy meros ob’yektlari ta’mirlanadi
7.02.2021 13:37,  
263

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyening joriy yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda joylashgan madaniy meros ob’yektlari xatlovdan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari-madaniy meros departamenti boshlig‘i K.Akilova, departament huzuridagi ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan tabiiy sho‘rlanish, yemirilish, texnogen holatlar natijasida ta’mirtalab bo‘lgan madaniy meros ob’yektlari joyida o‘rganib chiqildi. Ular orasidan birinchi navbatda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishi lozim bo‘lgan 40 ta ob’yektda tanlash jarayonlari davom etmoqda.

– Buxoro shahridagi “Toshsaroy” madrasasi, “Zabiyon-Dabiyon” masjidi Vobkent tumanida joylashgan “Tosh masjid”, G‘ijduvon tumanida joylashgan “Mirzayon” masjidi kabi o‘ta og‘ir ahvoldagi jami 40 ta ob’yektlar tanlab olindi,  – deydi viloyat madaniy meros boshqarmasi bosh mutaxassisi Elbek Sobirov. – Tanlangan yodgorliklarda birinchi navbatda ilmiy-izlanishlar olib boriladi. Shu asosda loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi bo‘yicha rejalar belgilab olindi— deya yozmoqda Uza.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан