Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodagi “Abdullaxon” madrasasi devorining qulashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
6.08.2021 10:06,  
241

30 iyul kuni kechasi Buxoro shahrida “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir qismi o‘pirilib tushgani haqida xabar bergan edik.

Buxoro viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, madaniy meros ob’yekti devorining bir qismi qulab tushganligi holati viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijasida Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан