Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodagi noxush avariya 2 kishi vafot etdi
1.06.2020 12:33,  
432

Buxoro viloyatida 2020 yilning 31 may kuni haydovchi 24 yoshli Sh.X., boshqaruvida bo‘lgan «Lacetti»ni A-380 yo‘lining Jondor tumani «Luqmon» Gazli cho‘l hududidan o‘tuvchi yo‘ldan boshqarib ketayotib, o‘ziga nisbatan yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasiga borib uriladi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, oqibatda «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi Sh.X. va ushbu avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 48 yoshli T.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Buxoro viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан