Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodagi noxush avariyada 19 yoshli qiz vafot etdi
20.05.2020 14:59,  
1407

19 may kuni soat 13:30 larda, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hududidan o‘tgan 4R-76 “Qorako‘l-Yangibozor-Jig‘achi” avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘lda haydovchi M.J. (erkak) “Neksiya”da tezligini me’yoridan oshirib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi. Hamda qarshisidan kelayotgan haydovchi 1981 y.t. N.T. (erkak) boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 2001 y.t. Z.N. (qiz bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu avtomobil haydovchisi M.J. va yo‘lovchisi 1979 y.t. S.A. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан