Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodagi to‘yda guruh-guruh bo‘lib harakatlangan avtomobil egalari jarimaga tortildi
2.07.2021 21:40,  
97

Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi markaziy ko‘chada yo‘l harakati qoidalarini buzib, guruh-guruh bo‘lib harakatlangan kuyovnavkarlar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 28 iyun kuni Kogon tumanida yashovchi fuqarolar — Sh.T. hamda N.M.ning nikoh to‘yi munosabati bilan kelin-kuyovlarni FHDYo bo‘limiga olib borish uchun oltita avtomobil jalb etilgan. Mazkur kuyovnavkar haydovchilar avtoulovlarida markaziy ko‘chada yo‘l harakati qoidalarini buzib, guruh-guruh bo‘lgan holda harakatlangan.

«Haydovchilar ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lishni istab, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ham chiqib harakatlangan. Shuningdek, avtomobillarga qizil-ko‘k yonuvchi ‘migalka’ maxsus moslamasini o‘rnatib, ovoz kuchaytirgichlar orqali shovqin-suron ko‘targan. Holat Kogon tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi tomonidan zudlik bilan ro‘yxatga olindi va haydovchilarga chora ko‘rildi», — deydi Ulug‘bek Shukrullayev.

Qo‘shimcha qilinishicha, davlat raqami 80 D 889 OA hamda 80 V 277 OA bo‘lgan Spark, shuningdek, davlat raqami 80 E 222 AA bo‘lgan Lacetti haydovchilari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasi 1-qismi (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) hamda 127-modda 2-qismi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) bilan javobgarlikka tortilgan.

Holat yuzasidan avtoulov egalari yashayotgan manzillarda ham bo‘lib, tushuntirish hamda profilaktik ishlar olib borilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан