Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroga turkiyalik jurnalist va blogerlar, turistik firmalar rahbarlari va din arboblari tashrif buyurdi
1.11.2019 11:25,  
176

31-oktyabr kuni Turkiyaning “Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasiga qarashli “Airbus-321” samolyoti Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reysni amalga oshirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda. Turkiyaning “ Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning “Grand Atlas Discovery” kompaniyasi ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysi Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Charter reysning ilk yo‘lovchilari turkiyalik jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, qator din arboblari va olimlarini o‘zida jamlagan.

“Qardosh O‘zbekistonga kelganimizdan juda baxtiyormiz. Turkiyadan qariyb 25 nafar turoperator va 100 ga yaqin mehmon bilan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysida parvozni amalga oshirdik. Turkiyada O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, ma’naviyatini ko‘rib bahramand bo‘lish uchun bu yerga kelishni istaydigan insonlar juda ko‘p. Charter reys masalasi hal bo‘lganida 100 – 110 nafar yo‘lovchi ro‘yxatimizga qo‘shilish istagini bildirdi. Biz bugun ularni Buxoroi sharifga olib keldik. Bizni tantanali kutib olishganidan boshimiz ko‘kka yetdi. Tarixiy merosga to‘la Buxoroni qardosh turk xalqi kelib ko‘rishi juda muhim ahamiyatga ega. Biz turoperator sifatida O‘zbekistonga keladigan sayyohlar soni oshirish masalasida qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni qilishga tayyormiz. Sayohat xarajatlari muhim omillardan biridir, u hamyonbop bo‘lgani sayin turistlar soni ortib boraveradi. Yurtingizdagi bunday islohotlardan juda xursandmiz”, - dedi “Uchbey” turistik kompaniyasi rahbari Muhammad Gulseren.

Ma’lumot uchun: “Uchbey” turistik firmasi idorasi Anqarada joylashgan bo‘lib, u Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi hamda “TÜRSAB” Turkiya sayohatlar agentliklari birlashmasining ruxsati asosida ish olib boradi. Turkiyada 11 mingga yaqin tur agent faoliyat yuritadi, ularning bir qismi “A” toifasidagi agentliklar bo‘lib, xorijiy sayohatlarni uyushtirish huquqiga egadir. “Uchbey” turistik firmasi ham mana shunday huquqqa ega. Tashkilot 1998 yildan beri O‘zbekistonga sayohatlarni tashkillashtirib keladi. Ayni damda, turkiyalik mehmonlar Buxoro viloyatining qadimiy hamda diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab sayohat qilishmoqda.

Navbatdagi charter reys 4 noyabr kuni Istanbul-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан