Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorolik ayol koronavirusdan vafot etdi
29.06.2020 17:21,  
508

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.S. koronavirus infeksiyasida gumonlanib, joriy yil 21 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

U «Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetishmovchiligi 3-daraja» tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemor (ayol) bundan avval, so‘nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Buxoro viloyatidagi shifokorlarimiz bilan bir qatorda mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislarining ham nazoratida bo‘lib, ular ishtirokida konsiliumlar o‘tkazib kelingan. 

Biroq mutaxassislarimizning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ayni vaqtda, O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgandar soni 23 kishiga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан