Buxorolik erkak 84 yoshli otasini urib jarohatladi

Buxorolik erkak 84 yoshli otasini urib jarohatladi

Buxoro shahrining Alpomish ko‘chasida yashovchi 53 yoshli Stanislav B. o‘zaro janjal tufayli 84 yoshli otasi Vladimir B.ga tan jarohati yetkazdi. Bu haqida Buxoro viloyati IIBning xabar bermoqda.

Voqea 3 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘g‘il kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida otasi bilan janjallashib, uni urgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu moddada 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar belgilangan.