Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorolik fermer bedasini payhon qilgan qariyani urib o‘ldirdi
13.04.2020 09:52,  
2467

Joriy yilning 28 mart kuni soat 17:30 da Qorako‘l tumani O‘tiq-Do‘rman qishlog‘ida yashovchi, 28 yoshli B.D. “Shohjaxon chorva zamini” fermer xo‘jaligiga qarashli cho‘l hududida o‘zaro janjal oqibatida hamqishlog‘i, 58 yoshli N.X., ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, natijada N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 6 aprel kuni shu yerda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, janjal, gumonlanuvchi N.X., ga tegishli bo‘lgan qo‘y podasi, B.D., ning beda o‘tlari ekin maydoniga kirib payhon qilganligi sabab bo‘lgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha B.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va o‘rnatilgan tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан