Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyragini telefonga almashtirgan yigit nogiron bo‘lib qoldi
11.01.2019 16:36,  
10

Xitoylik Van doim tengqurlaridan, zamondan ortda qolmaslikka tirishardi. Orzusini amalga oshirishda «yordam beruvchilar»ni esa internetda topdi, deb yozmoqda xabar.uz nashri.

«Ayfon»li bo‘lish uchun bitta buyragini sotishga ahd qilganida 17 yoshli sog‘lom yigitcha edi. Hozir 25 yoshda va nogiron...

Yashirin operatsiyani ikki nafar jarroh o‘tkazdi, ular Vanning bitta buyragini kesib olib, evaziga kelishilgan 22 ming yuanni berishdi. Yigitcha operatsiyadan chiqiboq «iPhone 4» va «iPad 2» sotib olib, so‘ng uyiga qaytdi. Ota-ona bexabar...

Ammo Vanning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Ahvoli keskin yomonlashdi, yakka buyragi zo‘riqib qoldi. Sir ochildi, unga buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Endi u nogiron. To‘shakka mixlanib qolgan, doimiy qarovga muhtoj, qonini sun’iy buyrak tozalab beryapti.

O‘z vaqtida ushbu voqea Xitoyda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Vositachilar va jarrohlar qamalib ketdi. Vanning oilasiga yetkazilgan zarar uchun 1,47 million yuan undirib berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан