Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniya bosh vaziri ish joyiga qaytdi
27.04.2020 09:09,  
127

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirus tarqalishida javobgarlikni o‘z zimmasiga olish uchun Dauning-stritga qaytib keldi.

U vazirlar va amaldorlar bilan ko‘rishmasdan turib, "Covid-19 " bo‘yicha ertalabki hukumat yig‘ilishida raislik qiladi.

Bosh vazir lavozimida bo‘lib turgan tashqi ishlar vaziri Dominik Raab janob Jonson "ketishga shoshilmayotganini" aytdi.

Hozirda mamlakatda 20 732 kishi koronavirusdan vafot etgan. Yakshanba kunning o‘zida bu ko‘rsatkich 413 tani tashkil qilgan edi.

Janob Jonsonga koronavirus tashxisi qo‘yilganidan bir oy o‘tdi.

U 5 apreldan boshlab bir hafta davomida London markazidagi Sent-Tomas kasalxonasida davolandi. Shundan 3 kuni reanimatsiya bo‘limida o‘tdi

Kasalxonadan chiqqandan keyin ham Jonson hech qanday rasmiy ish bilan shug‘ullanmadi. Faqatgina o‘tgan hafta u qirolicha va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan gaplashgan, shuningdek yuqori martabali vazirlar bilan uchrashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан