Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniya Bosh vaziri iste’foga chiqdi
24.05.2019 14:40,  
58

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey o‘z iste’fosi haqida e’lon qildi, deb xabar berdi Reuters.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mey 7 iyun kuni Konservativ partiya rahbari lavozimini tark etadi.

"Mey o‘zining bu qarorini YeIning Brexit bo‘yicha taqdim etgan yangilangan kelishuvidan norozi bo‘lgan partiyadoshlari, shu jumladan, vazirlar mahkamasi a’zolari qistovi bilan e’lon qilgan", - deyiladi xabarda.

Bu Mey mamlakat bosh vazirligi lavozimini ham tark etishi kerakligini anglatadi.

Ammo 7 iyun kuni ketishi kutilayotgan Mey iyun boshida Buyuk Britaniyaga davlat tashrifini amalga oshirishi rejalashtirilgan AQSh prezidenti Donald Trampni to‘laqonli bosh vazir sifatida qabul qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан