Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniya ham karantinga yopildi
24.03.2020 11:58,  
154

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kecha, dushanba kuni kechqurun mamlakatda yaqin uch haftalik muddatda qat’iy karantin choralari o‘rnatilganini e’lon qildi. Koronavirus tarqalishiga bog‘liq ravishda bu muddat uzaytirilishi, qoidalar yanada qat’iylashtirilishi mumkin

Mamlakat aholisiga uyda qolishga buyruq berildi, faqat zaruriy hollarda – oziq-ovqat, tibbiy yordam, sport bilan shug‘ullanish (kuniga ko‘pi bilan bir marta) va uydan turib ishlash mumkin bo‘lmaganda ishga borish uchun ko‘chaga chiqishga ruxsat etiladi.

Oziq-ovqat va asosiy ehtiyot mollarini sotadigan do‘konlardan boshqa barcha savdo nuqtalari yopiladi. Ko‘chada ikki kishidan ko‘p odam to‘planadigan har qanday yig‘ilishlar taqiqlanadi. 

Politsiyaga ushbu qoidalarga amal qilmaganlarga jarima solish ko‘rsatmasi berilgan. 

Shu bilan bir vaqtda Britaniya parlamenti koronavirus pandemiyasi vaqtida hukumatga favqulodda vakolatlar berish haqidagi qonunni muhokama qilyapti. Buyuk Britaniyada shu paytgacha tinchlik davrida bunday qonunlar qabul qilinmagan.

Koronavirus keltirib chiqargan COVID-19 kasalligi tufayli ayni vaqtgacha 6 726 kishi kasallanib, ulardan 335 nafari vafot etgan.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан