Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi mamlakat armiyasida yuzaga kelgan ahvol to‘g‘risida ichki hisobotni e’lon qildi
14.02.2021 08:46,  
285

Unda armiyaning ahvoli “juda yomonligi” aytiladi, deb xabar tarqatdi Daily Mail.

Nashrning yozishicha, Buyuk Britaniyadagi 33 ta piyodalar batalonidan faqat bittasining kadrlarga ehtiyoji qoplangan. Qolganlari esa yomon ahvolda. Mutaxassislar bunga harbiy xizmatchilarning maoshi kamligi va askarlar xususiy firmalar orqali saralab olinayotgani asosiy sabab ekanini aytmoqda.

Polkovnik Richard Kempning ta’kidlashicha, Britaniyaning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondonligi bilan xususiy kompaniyalar o‘rtasida 1,3 milliard funt sterling miqdorida imzolangan shartnoma "falokatli qaror" bo‘lgan. Armiyada xizmat qilaman degan yoshlar tanlov payti byurokratik to‘siqlarga duch kelgan. Bu esa ularni qirollik armiyasida xizmat qilishga qiziqishini so‘ndirgan. Natijada armiyada xizmat qilish uchun berilgan arizalar soni 2017 yilda 25 mingtagacha kamayib ketgan.

Shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylar orasida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ular yashash sharoiti va turmush darajasi pastligidan nolishgan.

Hatto mamlakatning eng nufuzli piyodalar bataloni sanalgan  mashhur Shotland gvardiyasi ham kadrlarga ehtiyoj sezmoqda.  Gvardiya tarkibini to‘ldirish uchun 600 dan ziyod askar kerak ekan. Ayni paytda mazkur tuzilma harbiy amaliyotni bajarishga faqat 339 nafar harbiyni jalb qilish mumkin, deyiladi xabarda.

Hisobotda keltirilishicha, hozir Buyuk Britaniyaning quruqlikdagi qo‘shinlarida 15 mingga yaqin askarga ehtiyoji bor. Mamlakat esa jang maydonlariga faqat 11 ming nafar askarni jo‘nata olishi mumkin.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан