Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniya rasmiylari fuqarolarni uyda ishlashga chaqirishmoqda
22.09.2020 14:36,  
109

Koronavirusning yangi avj olishi tufayli Buyuk Britaniya rasmiylari fuqarolarni iloji boricha masofadan turib ishlashni tanlashga chaqirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Financial Times esa Bosh vazir Boris Jonson bugun bar va restoranlarning yopilishi haqida e’lon qilishini xabar qildi.

"Agar odamlar uyda ishlashlari mumkin bo‘lsa, biz ularni bunga undaymiz, ammo agar ular ofisda bo‘lishlari kerak bo‘lsa, biz buni imkon qadar xavfsizroq qilamiz", - dedi maxsus topshiriqlar bo‘yicha kotib, Lankaster knyazligi kansleri Maykl Gouv.

Kecha Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson COVID-19 epidemiyasining ikkinchi to‘lqini oldini olish mumkin emasligini ma’lum qildi. Bugun esa FT'ning yozishicha, seshanba kuni kechqurun Jonson mamlakatda bar va restoranlarning yopilishi haqida e’lon qiladi, shuningdek masofaviy ish tartibiga qaytishga chaqiradi.

The Times gazetasi yozganidek, Buyuk Britaniya hech bo‘lmaganda 2021 yil bahorigacha yangi koronavirusga qarshi samarali vaksinani ololmaydi. Britaniya hukumatining bosh ilmiy maslahatchisi Patrik Vallans, agar cheklovlar qaytarilmasa, oktyabr oyining o‘rtalariga kelib mamlakat kuniga 50 mingta yangi holatlar darajasiga yetishi haqida ogohlantirdi.

Yakshanba kuni Buyuk Britaniyada 3 899 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bungacha, ketma-ket ikki kun davomida yuqtirganlar soni 4000 kishidan oshdi, bu 8 maydan beri eng yuqori ko‘rsatkich.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан