Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniya uyg‘urlarga ko‘rsatilayotgan zulm tufayli Xitoyga qarshi chora ko‘rmoqchi
12.01.2021 22:07,  
369

Buyuk Britaniya hukumati uyg‘urlarga ko‘rsatilayotgan zulmga javoban Xitoy bilan savdo qoidalarini qattiqlashtirmoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya, G‘arb mamlakatlari va BMTning  uyg‘urlarga qarshi inson huquqlari buzilishi haqidagi da’volarini Xitoy rad etdi.

«Angliya chetda turolmaydi va Shinjon-Uyg‘ur avtonom mintaqasi kompaniyalariga qarshi aniq choralar ko‘rmoqchi»,- dedi Raab.

Xususan, ko‘rsatilgan mintaqadan eksport qilinadigan mahsulotlarni nazorat qilishni kuchaytirish, shuningdek, haridlar qoidalariga rioya qilmaydigan kompaniyalar bilan davlat shartnomalarini taqiqlash rejalashtirilgan.

«Ushbu paket Buyuk Britaniyaning biron bir tashkiloti, hukumati yoki xususiy sektori bila turib yoki bilmagan holda Shinjondagi uyg‘urlar yoki boshqa ozchiliklarga nisbatan inson huquqlarining buzilishidan foyda yoki hissa olmasligini ta’minlashga yordam beradi»,- dedi tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

Oldinroq, Buyuk Britaniya va AQSh Xitoyni uyg‘urlar va boshqa musulmon guruhlarga zulm o‘tkazishda, inson huquqlarini poymol qilishda, shu jumladan Tibet va Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida ayblaganlar. Xitoy hukumati barcha ayblovlar va tanqidlarni rad etib, faqat mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан