Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniya YeIdan chiqsa 81 milliard yevro yo‘qotadi
11.10.2016 11:41,  
7

Shu haftada Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketish masalasi muhokama qilinadi. Bu borada Britaniya hukumati tomonidan tayyorlangan iqtisodiy hujjatlar OAV orqali chop etildi.
 
Hujjatda keltirilishicha, Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi natijasida mamlakat Yalpi ichki mahsulot hajmi 9,5 foizgacha tushib ketadi. Umumiy hisobda esa Britaniya 66 milliard funt sterling, ya’ni taxminan 81 milliard yevro miqdorda iqtisodiy zarar ko‘radi.
 
Yalpi ichki mahsulot hajmining tushib ketishi mamlakat savdo sohasining 20 foizga pasayishi bilan bog‘liq. Xuddi shu ko‘rsatkichda Britaniya iqtisodiyotiga ajratiladigan chet el investitsiyasi miqdori ham tushib ketishi taxmin qilingan.
 
Albatta, ba’zi mutaxassislar bu ko‘rsatkichlar qiymatini “reallikdan uzoq” deya baholashmoqda. Sababi Britaniya keyinchalik ham Yevroittifoq mamlakatlari bilan o‘zaro savdo aloqalarini davom ettirish niyatida. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан